22 Avgust 2025 yil 687

Viloyat IIB Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘g‘irlik jinoyatidan ogohlikka chorlovchi bukletlar tarqatilyapti

Farg‘ona viloyati IIB Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘g‘irlik jinoyatidan jabrlanayotgan fuqarolarimizni ogohlikka chorlash maqsadida xayrli tashabbusga qo‘l urildi.

O‘g‘irlik jinoyatining sabablari va huquqiy oqibatlarini aks ettiruvchi bukletlar tayyorlanib, fuqarolarga tarqatilmoqda.

Bukletlarda ushbu turdagi jinoyatdan jabrlanmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi sodda tilda tushuntirib o‘tilgan.

Jumladan, qo‘riqlash pultiga ulanish eng samarali yo‘l ekanligi  alohida qayd etilgan.

Bunday bukletlar shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmalari tomonidan ham tarqatilyapti.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech