Oʻgʻlini Janubiy koreyaga joʻnatmoqchi boʻlgan ayol pullariga aldandi
Fargʻona tumani.2020-yilning iyun oyida R.N ismli ayol oʻgʻli Q.A.ni S.D ismli shaxs Janubiy Koreya Respublikasiga oʻqishga joʻnatishini aytib, undan jami 6.300 AQSH dollari hamda 4.350.000 soʻm pullarini olib, ushbu pullarni tanishi U.D ismli ayolga yetkazib berganligini, Janubiy Koreya davlatiga joʻnatmasdan va pullarini ham bermasdan aldab kelayotganliklarini, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrilishi va unga yetkazilgan zararni undirilishida amaliy yordam berilishini soʻragan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,
tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati