17 Yanvar 2022 yil
448
Fargʻona viloyatida oʻgʻirlik va bezorilik jinoyatlarini sodir etib, qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga olindi
16.01.2022-yil kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.Sh.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Quva tumani IIB JQB va Probatsiya xodimlari xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan N.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati