OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT
Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar uyi binosida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Shoxruh Gʻiyosov va Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Doniyor Tashxodjayev ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Tadbirda Fargʻona, Andijon va Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmalarining Axborot xizmati rahbarlari, ushbu viloyatlarda faoliyat olib boruvchi jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faollari ishtirok etishdi.
Tadbir ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etildi. Dastlab polkovnik Shoxruh Gʻiyosov Ichki ishlar vazirligi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qoʻlga kiritilgan yutuqlar hamda kelgusi rejalar haqida toʻxtaldi.
Shundan soʻng tadbirda qatnashgan jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Shoxruh Gʻiyosov hamda Doniyor Tashxodjayev har bir savolga atroflicha javob qaytardi.
Tadbir samimiy va koʻtarinki ruhta oʻtdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati