«Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida oʻquv seminari oʻtkazildi
25-26-avgust kunlari Fargʻona davlat universiteti konferensiya zalida «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda «beshlik» tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv seminari tashkil etiladi.
Unda Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Bosh prokuraturasi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab tamini vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin qizlar qoʻmitasi va bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Ikki kun davom etgan seminar davomida mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish choralari, uyushmagan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlar tashkil etish, jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashda mahalla beshligi a’zolariga zaruriy uslubiy tavsiyalar berildi. Hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Oʻquv seminari yakunida ishtirokchilar test sinovidan oʻtkazilib, maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati