15 Fevral 2023 yil 488

Noqonuniy xujra tashkil qilgan shaxslarning qilmishi viloyat IIB masʼul xodimlari va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Joriy yilning 9 fevral kuni Buvayda tumani IIB TQX TQKG va DXX Qoʻqon shahar boʻlimi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Buvayda tumani Shodlik MFY Mangʻit qishlogʻida yashovchi fuqaro Sh.N oʻz xonadonida tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan holda xujra tashkil etib, Qashqadaryo viloyatidan kelgan uch nafar voyaga yetmagan shaxslarga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu holat viloyat IIB TQX terrorizm va ekstremizmga qarshi kurarashish boshqarmasi masʼul xodimlari hamda Buvayda tumani IIB rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida yoshlar avvalo dunyoviy ilmlarni egallashi, hunar oʻrganishi kerakligi, buning uchun mamlakatimizda shart-sharoitlar yetarli ekanligi qayd etildi. Diniy taʼlim beradagan maxsus ilm dargohlari va madrasalar borligi, istagan odam shunday ilm maskanlariga hujjat topshirib, oʻqishi mumkinligi aytib oʻtildi. Noqonuniy xujra tashkil etib, diniy taʼlim berish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻlishi yigʻilganlarga tushuntirildi.

Tadbirda bu kabi salbiy holatlarning takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech