Noqonuniy diniy saboq bergan shaxs javobgarlikka tortildi
Joriy yilning 4-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Fargʻona shahar IIO FMB terorizm va ekstremizga qarshi kurashi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy diniy saboq bergan shaxsning qimishlari fosh etildi.
Fargʻona shahrida yashovchi, shu shaharda joylashgan oʻquv markazlaridan birida arab tilidan dars beradigan oʻqituvchi P.D 15 nafar oʻquvchilarga diniy saboq berib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan P. Dga nisbatan Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudiga taqdim etilgan edi.
Sud ushbu fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati