Noqonuniy diniy saboq bergan shaxs jarimaga tortildi
Joriy yilning 2-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Fargʻona shahar IIO FMB terorizm va ekstremizga qarshi kurashi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy diniy saboq berish holati fosh etildi.
Fargʻona shahrida joylashgan oʻquv markazlaridan birida arab tilidan dars beruvchi T. M ismli fuqaro (ayol) jami 19 nafar oʻquvchilarga (8 nafari voyaga yetmagan) diniy ta’lim berayotganligi aniqlanib, 8 dona maxsus galagrammalarga ega boʻlmagan oʻquv qoʻllanmalari daliliy ashyo tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar boʻyicha IIO FMB tomonidan fuqaro T.M ga nisbatan toʻplangan hujjatlar tegishli tartibda jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudiga taqdim etilgan edi. Sud tomonidan T.Mga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati.