Navbatchilik qismi xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalasida yigʻilish oʻtkazildi
Navbatchilik qismi xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalasida yigʻilish oʻtkazildi Fargʻona viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari –Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Akabar Yusupov tomonidan ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalasida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi, sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarining tashkiliy boʻlinmalari navbatchilik qismi navbatchilari hamda navbatchi yordamchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari respublikamizning boshqa hududlaridagi ichki ishlar organi navbatchilik qismi xodimlari tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar haqida toʻxtalib, har bir xodim bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarishi, xizmat vazifasiga sidqildan, vijdonan yondoshishi kerakligini ta’kidladi.
Ma’lumki, navbatchilik qismi ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan, xalq bilan soha xodimlari oʻrtasida koʻprik yasaydigan eng mas’uliyatli joy sanaladi.
Ayn shu sohada ishlayotgan xodimlar mas’uliyatni ikki karra koʻproq his qilishi, xizmat intizomi va qonunchilikka soʻzsiz rioya etishi kerakligi yana bir bor qayd etildi. Xizmat samaradorligini oshirish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati IIBAxborot xizmati.