Ogʼufurush maqsadiga yetolmadi
Rishton. 2020 yil 20 fevral kuni, Rishton tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Bagʼdod tumanida yashovchi, 36 yoshli А.J va 34 yoshli X.Dlar Rishton tumani Uchariq MFY xududida joylashagan choyxonada, maxsus xaridorga 2 000 000 soʼm pullar evaziga 1 dona gugurt qutisiga solingan giyohvand moddasiga oʼxshash moddasini sotishgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlanishgan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʼra, ushbu moddani sof vazni 9 (toʼqqiz gramm) “Gashish” giyohvand moddasi ekanligi koʼrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan А.J., va X.D., larga nisbatan Oʼz.R. JKning 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish ) bilan qoʼzgʼatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati