Oziq-ovqat doʻkonini tunagan oʻgʻri topildi
Dangʻara tumani.Fuqaro A.R IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 14-iyul kunidan 15-iyul kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Soy shildir qishlogʻida joylashgan oziq-ovqat savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkonidan 100 AQSH dollari, 600.000 soʻm pullari va 100.000 soʻm miqdorida boʻlgan mulklarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, voyaga yetmagan S.N sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati