20 Iyun 2022 yil 403

Oʻgʻirlangan telefon apparati topildi

Fargʻona shahri: 28-mart kuni tushgan xabarga koʻra, 26-mart kuni noma’lum shaxs shaharning Me’mor koʻchasida joylashgan MCHJ binosining xonasida fuqaro M.B ga tegishli uyali telefon apparatini qarovsiz qoldirilganligidan foydalangan holda, yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro T.S sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi M.B ga tegishli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech