O‘zbekiston tumani hududida mahallalarda havfsiz muhitni yaratish yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
“Tungi”tadbirga huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb etildi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Olib borilgan
reyd tadbiri davomida bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib
borildi.
Profilaktik
tadbirlar davomida tungi xizmat xodimlar tomonidan oshxona, savdo do‘konlari va
boshqa aholi gavjum joylar berkitilib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib
borildi.
O‘zbekiston
tumani IIB Probatsiya hamda HPB da ma’muriy nazorat ostida turgan 20 nafar shaxslarni
yashash xonadonlariga borib, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishi
tekshirildi.
Shu bilan birga shahar hududida yo‘l-transport xodisalarini oldini olish borasidagi
tadbir davomida, 26 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
6 ta transport vositalari jarima maydoniga
joylashtirildi. 1 nafar mast holatda avtotransport vositasi boshqargan
fuqaro aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati