10 Noyabr 2022 yil 429

Muzlatgichning mator ehtiyot qismlarini voyaga yetmagan qiz oʻgʻirlaganligi aniqlandi

Fargʻona shahar.Fuqaro M.I IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 28-oktabr kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs S.Axmad koʻchasida joylashgan dorixona yonida qarovsiz qoldirgan muzlatgichining narxi 2.800.000 soʻmlik mоtor ehtiyot qismini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan R.Yo ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech