25 Aprel 2025 yil 191

Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi

Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati boshchiligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar soha xodimlarini xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishga, fuqarolar bilan hush muomalada bo‘lishga, ularni huquq va manfaatlarini munosib himoya qilishga chorlashdi.

Shuningdek, respublika hamda viloyatimizda xodimlar bilan bog‘liq sodir etilgan salbiy holatlar o‘qib eshittirilib, bu kabi noo‘rini xatti-harakat qilmaslik tushuntirildi. Xodimlar rasmiy ogohlantirildi.

Shuningdek, sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech