7 Dekabr 2021 yil 535

MUSOBAQA GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

6-dekabr – Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi tashkil topganligiga 15-yil toʻldi. Ushbu sana munosabati bilan Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida majmuaviy toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada Fargʻona viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, birinchi va ikkinchi mintaqaviy hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadlar, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Fargʻona” xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bataloni terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.

Doʻstona oʻtgan musobaqada terma jamoalar gʻoliblik uchun qizgʻin bahs olib borishdi.

Bellashuvlar yakunlangach, tantanali tadbir tashkil etilib, gʻolib jamoalar va musobaqada faol ishtirok etgan xodimlar diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi tashkil topganligiga 15-yil toʻlishi munosabati bilan bir guruh xodimlar vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining koʻkrak nishonlari bilan mukofotlandi.

Mukofotlarni Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Fayzulla Ortiqboyev oʻz egalari topshirdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech