Kuz-qish mavsumida aholi kayfiyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muammolarni oʻrganish yuzasidan tuzilgan viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan Rishton tumanida oʻrganishlar olib borildi
Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Farruhbek Oʻsarov ishtirokida hamkor tashkilot va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi ishtirokida yigʻilish tashkil qilinib, oldinda turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. Oʻrganishlar davomida tumandagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shohobchalari, elektr ta’minoti, gaz tarmoqlari, ichimlik suvi, aholini koʻmir bilan ta’minlash, savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narhlarining moʻtadilligi, sanitariya holati yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Yuqoridagi eng dolzarb sohalar haqida aholining fikr-mulohazalari tinglandi. Xonadonlar, tibbiyot va ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi birma-bir oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati