Ichimlik suvi uchun toʻlov undirgan firibgar
Qoʻqon shahri. I.I. ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda X.O ismli shaxs uning yashash xonadoniga kelib, oʻzini “Suvoqava” DUK Qoʻqon shahar boʻlimi xodimi ekanligini ichimlik suvi uchun toʻlov olayotganligini yolgʻondan aytib, uning ishonchiga kirib, 2.500.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, pullarni oʻz ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan,.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qoʻqon shaharda yashovchi X.O sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati