“Mezbonni” tunagan “mehmon”.
2020 yil 01 mart kuni taxminan soat 13:30 larda, fuqaro 26 yoshli E.R., Fargʼona shahar Sh.Rashidov koʼchasidagi uylarning biriga mehmon sifatida kelgan va uy egasi 28 yoshli А.А.,ning boshqa xonaga kirganligidan foydalanib, unga tegishli boʼlgan oq rangli “Spark” rusumli avtomashina kalitini yashirin ravishda olib, ushbu kalit yordamida hovlida turgan avtomashinani olib qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida taxminan soat 23:45 larda, Fargʼona shahar “Neftchilar” oʼyingohi oldida E.R., “Spark” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganligi aniqlanib, toʼsib ushlangan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, E.R., avtomashinaning 4 dona quyma diskasi va shinalarini fuqaro 26 yoshli А.O.,ga jami 120 АQSh dollari hamda 480 ming soʼmga sotib, avtomashinaga eski turdagi shinalar oʼrnatganligi aniqlanib, sotib yuborilgan 4 dona diska va shinalar А.O.dan ashʼyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Jinoyat ishida E.R., gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati