Meva saqlash omboridagi oʼgʼirlik fosh qilindi.
Fargʼona viloyati. 2020 yil 16 yanvar kunidan 17 yanvar kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar Xumdon mahalla xududida joylashgan 49-yoshli X.X.ga tegishli mevalar saqlash omborxonasiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, u yerda boʼlgan umumiy bahosi 8.600.000 soʼmlik 2 dona beton tekislash uskunalarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashirinishgan.
Oʼtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qoʼshtepa tumanida yashovchi 23 yoshli E.T., 22 yoshli M.M. va L.B., 19 yoshli R.S. lar sodir etganligi aniqlanib, M.M.ning yashash manzilidan ikki dona beton tekislash uskunalari topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olib qoʼyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʼshtepa tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (omborxonaga gʼayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va E.T., M.M., L.B., R.S.larga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, tegishli ehtiyot chorasi tanlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati