Mehmonxonadan pul va hujjatlarni oʼgʼirlagan shaxs aniqlandi
Fargʼona shahar. Fuqaro X.Z IIBga murojaat qilib, unda 28 sentyabrь kuni nomaʼlum shaxs S.Temur koʼchasida joylashgan mehmonxonasini dam olish xonasiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, 14.000.000 soʼm pullari hamda hujjatlarini oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.D sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati