5 Sentyabr 2022 yil 531

Buvayda tumanida mebel yasash ustaxonasiga oʻgʻirlikka tushgan shaxs fosh boʻldi

Buvayda tumani. Fuqaro O.X IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 29-dekabr kunidan 30-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Oydinkoʻl qishlogʻida joylashgan mebel yasash ustaxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, ustaxonadagi kiyim almashtirish xonasidan narxi 300.000 soʻmlik erkaklar kurtkasi va ustaxona oldida turgan “Тiсо” rusumli avtomashinasi salonidan choʻntagida 500 AQSH dollari boʻlgan kurtkasini yashirin ravishda oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni X.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech