11 Noyabr 2022 yil
396
Mebel xususiy korxonadan 15.000.000 soʻmlik asbob-uskunalarni oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2022-yilning 31-oktabr kunidan 01-noyabr kuniga oʻtar kechasi Z.O. J.V.ga tegishli A.Qodiriy koʻchasida joylashgan mebel xususiy korxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerda boʻlgan narxi 15.000.000 soʻmlik asbob-uskunalarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati