6 May 2022 yil 459

“Matiz” avtomobilini aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan shaxs qo'lga tushdi

Farg'ona shahar.1 mart kuni fuqaro X.Q IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 26 dekabr kuni noma'lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo'lgan “Matiz” rusumli avtomashinasini 3.700 AQSh dollari evaziga sotib olishga kelishib, pullarini bir oy muddat ichida berishini aytib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech