26 Fevral 2020 yil 1304

Margʼilonlik yigit yonida "Marixuanna" giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlandi.

Margʼilon. 2020 yil 17 fevral kuni, Margʼilon shahar IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Margʼilon shahar Toshkesar MFY xududidan ketayotgan vaqtida 38 yoshli fukaro T.U., toʼxtatilib, uning egnidagi kiyimlari xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida, kastyumining oʼng choʼntagidan qora rangli selofan paketda "nasha" giyoxvand moddasiga oʼxshash, oʼtkir xidli, oʼsimliksimon modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʼra, T.U.ni yonidan olingan moddaning sof vazni 15,32 (oʼn besh gramm oʼttiz ikki milligramm) bulgan “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi koʼrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʼilon shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan T.U.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay, qonunga xilof ravishda koʼp miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech