Margʼilonda qoʼy oʼgʼrisi ushlandi
Margʼilon shahri. Yangi Fargʼona koʼchasida yashovchi А.Sh. IIBga murojaat qilib, 19 fevral kunidan 20 fevral kuniga oʼtar kechasi yashash xonadonining qoʼyxonasidan jami narxi 5.000.000 soʼmlik, 2 bosh qoʼylarini nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʼilon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi(oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni I.А. sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati