5 Avgust 2021 yil 331

Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Margʻilon shahri. 2021-yilning iyun oyida T.M. tanishi A.Ya.ning ishonchiga kirib, narhi 1.200.00 soʻmlik “Редми” rusumli uyali telefon apparatini vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech