Margʻilon shahrida dizel yoqilgʻisini sotib olib, fuqaroni aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Margʻilon shahri. 13-noyabr kuni I.A IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning fevral oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan dizel yoqilgʻisini 120.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 50.000.000 soʻmini berib, qolgan 70.000.000 soʻm pullarini bir oy muddatda berishni aytib, dizel yoqilgʻisini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan dizel yoqilgʻisini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati