Margʻilon shahrida yetti bosh qoʻylarni sotib olib pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi
Margʻilon shahri. 07-avgust kuni Istiqlol MFY hududida yashovchi fuqaro Q.A IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 28-iyul kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan yetti bosh qoʻylarini 6.650.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini bir kun muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qoʻylarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati