Margʻilonda 600 ming soʻmga “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi
Margʻilon shahri. 14-fevral kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va Margʻilon shahar IIB TEQKB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda shaharning Doʻstlik MFY dagi honadonlardan birida yashovchi fuqaro K.I “Maxsus xaridor”ga “Gashish” giyohvandlik vositasini 600.000 soʻm evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash, sotish, yetishtirish, oʻtkazish kabi harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati