2 Iyun 2023 yil 394

Margʻilon shahrida velosiped oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahar. Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 17-may kuni noma’lum shaxs Davlat xizmatlari markazi binosi oldidagi temir panjaraga qulflangan holda qarovsiz qoldirgan velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.Z sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech