Margʻilon shaxrida 12 sotix yer maydoni kadastr hujjatlarini noqonuniy ravishda rasmiylashtirib olgan kadastr xodimi qoʻlga olindi
Joriy yilning 12-aprel kuni, Fargʻona viloyat IIBga kelib tushgan xabar asosida, viloyat IIB JQB, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar davomida, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Fargʻona viloyati Davlat kadastrlar palatasi Margʻilon shahar filialida mutaxassis muxandis G.I Margʻilon shahar “Navroʻz” m.f.y., Intizor koʻchasida joylashgan Davlat zaxirasida boʻlgan 12 sotix yer maydonini, Xalq deputatlari Margʻilon shahar soveti ijroiya komitetining 12.07.1991-yildagi qaroridan mansab vakolatini suiste’mol qilib, gʻarazli niyatlarda foydalanib, ushbu hujjatni koʻchirma nusxasini soxtalashtirib, ikki nafar fuqarolarga 6 sotixdan ularni xabardor qilmagan holda boʻlib, kadastr hujjatlarini noqonuniy ravishda rasmiylashtirishga erishganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB JQB KvaIJKKB