Margʻilon shahrida “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Margʻilon shahar. 2023-yilning 14-iyun kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Kosibchilik mahalla hududida yashovchi Q.Yu.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 29 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati