Margʻilon shahrida “marixuna” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar. 04-mart kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, shahar markazida joylashgan dehqon bozori yaqinida T.A.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning egnida boʻlgan shimining old chap choʻntagida 2 dona gugurt qutisida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati