Margʻilon shahrida yonida “zahri qotil” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahri. 2022-yilning 03-yanvar kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, shahar markazida joylashgan savdo majmuasi oldida S.K.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnida boʻlgan shimining chap choʻntagidagi qora rangli sellofan paketda “gashish” va “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati