20 May 2023 yil 399

Margʻilon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahar. 2023-yil 11-may kuni Fargʻona viloyati IIB TQX JQB, Margʻilon shahar IIB TQX JQB va HPB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida, Doʻstlik mahalla hududida M.Yu.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda chap qoʻlida yumaloq shakldagi “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech