26 Fevral 2022 yil 402

Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro xonadoni oldida “gashish” giyohdvandlik moddasini pullagan vaqtida qoʻlga olindi

Margʻilon shahri. 21-fevral kuni Fargʻona viloyat IIB JQB, Fargʻona viloyat IIB AVBSO, DXX Margʻilon shahar boʻlimi va Margʻilon shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Baxrin MFY hududida yashovchi B.M 22.000.000 soʻm evaziga jami ogʻirligi 190 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi sotgan vaqtida daliliy ashyo dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech