13 Mart 2023 yil 561

Marg'ilon shahrida velosiped o'g'irlagan shaxs qo'lga tushdi

Marg'ilon shahar. O.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 18 yanvar kuni nomaʻlum shaxs, Nadirmat mahalla hududida qarovsiz qoldirilgan voyaga etmagan o'g'li O.O.ga tegishli narxi 2.000.000 so'mlik velosipedini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.E sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: