Marg'ilon shahrida velosipedini o'g'irlatgan shaxs IIBga murojaat qildi
Marg'ilon shahar.Fuqaro M.S IIBga murojaat qilib, 2023 yilning 20 fevral kuni nomaʻlum shaxs shaharda joylashgan super market oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so'mlik velosipedini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan H.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati