30 Avgust 2022 yil 356

Margʻilon shahrida velosiped oʻgʻirlagan voyaga yetmaganlar aniqlandi

Margʻilon shahar.M.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning avgust oyida noma’lum shaxs Sarbon koʻchasida joylashgan sport zal oldida voyaga yetmagan oʻgʻli M.R.ning qarovsiz qoldirilgan narhi 2.000.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻlon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro voyaga yetmagan S.O va X.M.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech