Margʻilon shahrida fuqaro uyali telefon apparatini noma’lum shaxsga foydalanishga berib qaytib ololmadi
Margʻilon shahri. 02-sentabr kuni fuqaro Q.A. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narhi 2.500.000 soʻmlik “Самсунг Галахй А-50” rusumli uyali telefon apparati va 250.000 soʻm pullarini vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlmi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati