Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Margʻilon shahri. 12-avgust kuni X.X IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 15-iyul kuni noma’lum shaxs H.X.ning ishonchiga kirib, narhi 1.000.00 soʻmlik “Ред Ми Ноте 8” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati