Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini aldab qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Margʻilon shahri. 11-avgust kuni A.I IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berish sharti bilan narxi 1.500.000 soʻmlik “RedMi-6” rusumli telefon apparatini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan telefonini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati