Margʻilon shahrida trikotaj mahsulotlarni sotib olib pullarini bermay aldagan ayol javobgarlikka tortildi
Margʻilon shahar.2022-yilning avgust oyida O.M ismli ayol O.G ismli ayolning ishonchiga kirib, undan jami 64.539.000 soʻmlik har-xil turdagi kiyim-kechak mahsulotlari hamda idish tovoq buyumlarini olib, olingan mahsulotlarni pullarini tez kunda berishini aytib olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mahsulot va buyumlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati