4 Mart 2022 yil 429

Margʻilon shahrida tilla-taqinchoqlarni sotib olib pullarini bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

Margʻilon shahri. 2021-yilning kuni 10-sentabr kuni Q.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 11-avgust kuni noma’lum shaxs, ishonchiga kirib jami 212.850.000 soʻmlik tilla-taqinchonlarini olib, shundan 84.145.000 soʻm pullarini berib, qolgan 128.705.000 soʻm pullarini bir haftada berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan tilla-taqinchoqlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech