31 Mart 2023 yil 213

Marg'ilon shahrida telefon apparatini o'g'irlatgan ayol IIBga murojaat qildi

Marg'ilon shahar. yu.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 22 fevral kuni nomaʻlum shaxs Qashqar mahalla hududida joylashgan savdo do'kon rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan tegishli narxi 600.000 so'mlik “Samsung” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech