Margʻilon shahrida telefon apparatlarini yoʻqotgan fuqaro IIBga murojaat qildi
Margʻilon shahar.Tinchlik koʻchasida yashovchi A.Z IIBga murojaat qilib, unda 08-avgust kunidan 09-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida boʻlgan besh dona telefon apparatlarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni xonadonda birga yashovchi M.A ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi JKning 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati