26 Avgust 2022 yil 453

Margʻilon shahrida talonchilar qoʻlga tushdi

Margʻilon shahar.22-avgust kuni voyaga yetmagan J.M va Q.F.lar Yangi-bogʻ mahalla hududida joylashgan “Ijodkorlar bogʻi”da R.X.ning hayoti yoki sogʻligi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, narxi 1.000.000 soʻmlik “Samsung A-11” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech