25 Iyul 2022 yil
405
Margʻilon shahrida talonchi qoʻlga olindi
Margʻilon shahar. 2022-yilning 13-iyun kuni M.A ismli shaxs Mustaqillik koʻchasida joylashgan oshxona oldida R.I ismli fuqaroning 200 AQSH dollari va 3 300 000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati