25 Sentyabr 2021 yil 617

Margʻilon shahrida tadbirkorlik bilan shagʻullanishni bahona qilgan erkak ayolning pullarini qoʻlga kiritdi

Margʻilon shahri. 2021-yilning 16-sentabr kuni S.R ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020-2021-yillar davomida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, birga tadbirkorlik qilishlarini aytib undan jami 200.000.000 soʻm pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganliini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech